ELEKTR TOKINING ISHI VA QUVVATI

Σχετικά έγγραφα
O quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: Fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:b1

O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi Respublika ta lim markaazi

OCHIQ DARS ISHLANMASI

KIMYO. 8 sinf o qituvchilari uchun metodik qo llanma

OQIM TERMODINAMIKASI. Reja: 1. Asosiy tushunchalar. 2. Bajariladigan ish. Oqim uchun termodinamikaning birinchi qonuni tenglamasi. 3.

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA LIMI VAZIRLIGI FIZIKADAN LABORATORIYA ISHLARINI BAJARISH BO YICHA USLUBIY QO LLANMA

Fizika fanidan test topshiriqlarini yechish bo yicha abituriyentlar uchun ayrim tavsiyalar

Узбекистон Республикаси Олий ва урта махсус таълим вазирлиги. Жиззах Политехника институти

YANGI MAVZU: ELEKTR QARSHILIK

KIMYO-FARMATSEVTIKA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI VA APPARATLARI FANIDAN

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO JALIGI V A Z I R L I G I ANDIJON QISHLOQ XO JALIK INSTITUTI

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI. KOMPLEKS BIRIKMALAR KIMYOSI fanining O QUV DASTURI. Toshkent 2008

M.T. Gulamova, Sh.Q.Norov N.T.Turobov

VIII. TEST. bayon etish usullarini ifodalovchi zamonaviy nazariya; bayon etish usullarini ifodalovchi zamonaviy nazariya;

o quv yili matematikadan 9-sinf imtihon biletlari yechimlari 1-bilet = 0,75 1,2+0,9. = 73; Javob: <CAB= 730

ELEKÒR-GAZ PAYVANDLASH ÒEXNOLOGIYASI

IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT

ALGEBRA VA MAÒEMAÒIK ANALIZ ASOSLARI

«FIZIKA» FANIDAN O QITISH TEXNOLOGIYASI

TA LIM VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI. QURILISH MASHINALARI fanidan

R A N G S H U N O S L I K A S O S L A R I

Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti

АЛГЕБРА ВА АНАЛИЗ АСОСЛАРИ ФАНИДАН ТАЯНЧ КОНСПЕКТ

O ZBЕKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI O RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA LIMI MARKAZI RADIOTEXNIK O LCHOVLAR

2-DARS MAVZU: FIZIK KATTALIKLAR HAQIDA TUSHUNCHA VA ULARNI O`LCHOVCHI ASBOB-USKUNALARNING IMKONIYATLARINI O`RGANISH

Differensial hisobning tatbiqlari

PAYVAND BIRIKMALARNING DEFEKTOSKOPIYASI. belgi; boshqa turdagi qoplamali П bo ladi. Agar qoplamada 20% qoplashda foydalaniladi.

IQTISODIY MATEMATIK USULLAR VA MODELLAR (nazariy asoslar va amaliy tavsiyalar)

ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI

Lektsiya tekstleri (60 saat lektsiya)

funksiyaning birinchi tartibli xususiy hosilasidan

O ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ХАLQ TА`LIMI VАZIRLIGI RЕSPUBLIKА TА`LIM MАRKАZI

22-modul : Payvandlash asoslari Payvandlash turlari. Reja:

OLIY GEODEZIYA ASOSLARI

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Kelajakda malakali mutaxassis bo lib yetishiga intilayotgan yoshlarimiz uchun ushbu qo llanma yaqindan yordam berishga ishonamiz.

KIMYO. 8 sinf uchun darslik TOSHKENT

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI.

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI O RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA LIMI MARKAZI A.SH. GIYASOV, M.A. ZIYAYEVA, SH.F.

Otaxanov Nurillo Abdumalikovich. Dasturlash uchun masalalar to plami. Taqrizchilar: 1. FMFD Badalov M. 2. FMFN, dotsent,olimov M.

INFORMATIKA VA HISOBLASH TEXNIKASI ASOSLARI. Umumiy o rta ta lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik Ikkinchi nashri

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI

MALAKAVIY BITIRUV ISHI

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI. ABU RAYXON BERUNIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

VOKAL ANSAMBLI. fanidan Xalq ijodiyoti ( Vokal jamoalari rahbarlik )

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI. QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI.

TENGSIZLIKLAR-II. ISBOTLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

MAGNIT MAYDON ELEKTROMAGNIT INDUKSIYA ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR ELEKTROMAGNIT TO LQINLAR VA TO LQIN OPTIKASI NISBIYLIK NAZARIYASI

10 MEXANIKA MEXANIKADA SAQLANISH QONUNLARI MEXANIK TEBRANISHLAR VA TO LQINLAR

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI ENERGETIKA FAKULTETI

BITIRUV MALAKAVIY ISH

Kompleks birikmalar kimyosi fani

BITIRUV MALAKAVIY ISH

OPTIKA. YORUG`LIKNING TABIATI 1. Yorug`likning tabiati. Yorug`lik to`lqinlarining monoxromatikligi va kogerentligi. 2. Fotometrik kattaliklar. 3.

WZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA`LIMI VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

«DISKRET MATEMATIKA VA MATEMATIK MANTIQ» FANIDAN O QUV-USLUBIY MAJMUA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR raqamlarining ba zilari orasiga + va - ishoralarini shunday qo yingki, natijada 100 hosil bo lsin.

BITIRUV MALAKAVIY ISh

Bitiruv malakaviy ish

M. A. Abralov, N. S. Dunyashin, Z. D. Ermatov GAZ ALANGASI YORDAMIDA MEÒALLARGA ISHLOV BERISH ÒEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI

O ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI. TOSHKЕNT AVTOMOBIL-YO LLAR INSTITUTI. «Avtomobil yo llari va aeroportlar» kafеdrasi

FARMATSEVTIKA INSTITUTI ANORGANIK KIMYO SOG LIQNI SAQLASH SOHASI FARMATSIYA BAKАLAVR TA LIM YO NALISHI UCHUN

KON MASHINALARI VA MAJMUALARI

O zbekiston Respublikasi Oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi. Sh.Q. Farmonov, R.M. Тurgunbayev, L.D. Sharipova, N.Т. Parpiyeva

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIATSHUNOSLIK FAKULTETI KIMYO VA EKOLOGIYA KAFEDRASI

Osmon burjlarini tadqiq etish

KURS ISHI Mavzu: Optik teleskoplarning asosiy tushunchalari.

Mavzu: Axborotni kodlash. Oldinlovchi

ANALITIK VA ORGANIK KIMYO FANIDAN O QUV-USLUBIY (Biologiya ta lim yo nalishi uchun)

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO JALIGI VAZIRLIGI

ELEKTRODINAMIKA fanidan

Mustaqil ishi. O zbekiston Respublikasi Oliy va O rta maxsus ta lim vazirligi

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

BOSHQARUV HISOBI: NAZARIYA VA USLUBIYOT

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MIKROIQTISODIYOT FANIDAN MASALALAR TO PLAMI

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI AHMADJON O LMASOV. Qayta ishlangan nashri

Sog liqni saqlash vazirligi Toshkent Farmatsevtika Instituti Muxandislik grafikasi fanidan ma ruzalar matni

3-MAVZU: Stanoklar kinematikasi asoslari (Bases of kinematics of metal-cutting machine)

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI. TOShKENT ARXITEKTURA QURILISh INSTITUTI

Mundarija Kirish...2 I. Arxetektura qurilish qismi Loyihalash uchun boshlang`ich ma`lumotlar Qurilish tumanini iqlimiy va geofizik

BITIRUV MALAKAVIY ISH

B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I

HAYOT XAVFSIZLIGI ASOSLARI

GEOMETRIYA 7. Umumiy o4rta ta lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. Tuzatilgan va to4ldirilgan uchinchi nashr

FARG ONA DAVLAT UNIVERSITETI M.R.RAXMONQULOV. Astronomiya va astrofizika asoslari fani bo yicha laboratoriya ishlari (uslubiy tavsiyanoma)

fanidan ma ruzalar matni

«KIMYO VA EKOLOGIYA» KAFEDRASI

FIZIKADAN OLIMPIADA MASALALARI

BIOLOGIYA SITOLOGIYA VA GENETIKA ASOSLARI SINF

O ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ХАLQ TА`LIMI VАZIRLIGI RЕSPUBLIKА TА`LIM MАRKАZI

O zbekpiston Respublikasi oliy va o rta maxmaxsus ta lim vazirligi Namangan muhandislik-pedagogika instituti

Umumiy o rta ta lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. O zbekiston Respublikasi Xalq ta limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI BIOTEXNOLOGIYA KAFEDRASI

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЬЛИМ ВАЗИРЛИГИ З.М

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

Коллоид кимё маърузалар тўплами

O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O RTA MAXSUS TA LIM VAZIRLIGI NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI BUXORO FILIALI "UMUMKASBIY FANLAR" KAFEDRASI "CHIZMA GEOMETRIYA VA MUHANDISLIK GRAFIKASI"

ФИЗИКА. Физика file-» (240487) Кенглиги 2,4 м бˇулган вагон 15 м/с тезлик билан харакатланмо

Transcript:

66 III bob. Elektr tokining ishi va quvvati ELEKTR TOKINING ISHI VA QUVVATI Darsning maqsadi. O quvchilarda elektr tokining bajargan ishi haqida tasavvur hosil qilish, sarflangan elektr energiyani hisoblash bo yicha ko nikma, malakalarni shakllantirish. Tayanch so zlar: elektr tokining ishi, elektr hisoblagich, vatt sekund, vatt soat, gektovatt soat, kilovatt soat, megavatt soat. Dars jihozilari: elektr hisoblagich, slayd, kodoskop, tarqatma materiallar. Darsda foydalaniladigan metodlar: «Bingo», «Modifikatsiyalangan ma ruza» interfaol metodlari, «Mustaqil ish» o tkazish. Dars rejasi. 1. Tashkiliy qism 3 minut. 2. Uy vazifalarini so rash 10 minut. 3. Yangi mavzu bayoni 15 minut. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash 15 minut. 5. Uyga vazifa berish 2 minut. Darsning borishi 1. Tashkiliy qism. O qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini tekshirish maqsadida foydalanadigan «Bingo» interfaol metodi uchun tarqatma materiallar tayyorlab qo yadi. 2. Uy vazifalarini tekshirish. «Bingo» interfaol metodi uchun o quvchilarga quyidagi savollar yozilgan tarqatma materiallar beriladi: 1) Iste molchilarni ketma-ket ulashda tok kuchi, kuchlanish va qarshilik qanday bo ladi? 2) Iste molchilarni parallel ulashda tok kuchi, kuchlanish va qarshilik qanday bo ladi? 3) Om qonunining formulasi qanday ifodalanadi? 4) O tkazgichning qarshiligi nimalarga bog liq? 5) Reostatning vazifasi nimadan iborat? 6) Ampermetr va voltmetrning vazifasi nimadan iborat? 7) Ampermetr va voltmetr elektr sxemada qanday belgilanadi?

27- dars. Elektr tokining ishi 67 8) Ketma-ket va parallel ulashdan qayerda foydalaniladi va hokazo. Savollarga o quvchilar tez va aniq javob berishi lozim. O qituvchi o quvchilarning javoblari asosida xulosa qiladi. 3. Yangi mavzuning bayoni. Mavzu «Modifikatsiyalangan ma ruza» asosida bayon etiladi. Bunda quyidagilarga e tibor berish lozim: elektr tokining bajargan ishiga tushuncha berish; tokning bajargan ishini keltirib chiqarish; sarflangan elektr energiyani hisoblash; sarflangan elektr energiya formulasini keltirish; bir vatt sekundga ta rif berish. Mavzuni tushuntirib berish jarayonida elektr hisoblagichning tuzilishi va ishlash prinsiði bilan tanishtirish lozim. Mavzuni bayon qilishda elektr tokining ishi haqida quyidagi ma lumotlarni ham berish tavsiya etiladi. Har qanday berk elektr zanjirda energiyalarning ikki yoqlama o zgarishi yuz beradi. Tok manbayida energiyaning biror turi elektr energiyasiga aylanadi. Masalan, galvanik elementda kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Elektr zanjirda esa tok manbayining elektr energiyasi hisobiga biror ish bajariladi. Masalan, elektr dvigatellarda mexanik ish bajariladi. Isitish asboblarida elektr tokining ishi ichki energiyani oshirish uchun sarf bo ladi. Energiyaning biror turi boshqa turga aylanganda, hamma vaqt qandaydir ish bajariladi. Biz bilamizki, ish biror turdagi energiyaning boshqa turdagi energiyaga aylanishi o lchovidir. Elektr zanjirda elektr energiyaning boshqa biror turdagi energiyaga aylanishi o lchovi elektr tokining ishidir. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so ngra quyidagi 2 ta masala o quvchilar bilan birgalikda yechiladi: 12-mashq 2) Berilgan: U = 4,5 V; I = 0,2 A; t = 1 min = 60 s. Topish kerak: E? Formulasi: E = IUt. Hisoblash: E = 0,2 4,5 60 J = 54 J. Javob: E = 54 J. 3) Berilgan: q = 500 C; U = 2 V. Topish kerak: A?

68 III bob. Elektr tokining ishi va quvvati Formulasi: U = A/q ; A = qu. Hisoblash: A = 500 2 J = 1000 J = 1 kj. Javob: A = 1 kj. Shundan so ng 7 minut davomida o tkaziladigan «Mustaqil ish» uchun o quvchilarga quyidagi masalalar beriladi: 1- masala. Zanjirning biror qismidagi kuchlanish 3 V bo lganda 6 A tok 10 s da zanjirning shu qismida necha joul ish bajaradi? 2- masala. Zanjirning biror qismidagi kuchlanish necha volt bo lganda 3 A tok 4 s da zanjirning shu qismida 24 J ish bajaradi? 3- masala. Elektr toki zanjirning biror qismida 3 s da 6 J ish bajaradi. Agar zanjirning shu qismidagi kuchlanish 2 V bo lsa, undan o tayotgan tok kuchi qancha bo ladi? 5. Uy vazifalari. 1) Darslikdan 23- ni o qish. 2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish. 3) Darslikdagi 12- mashqdan 1- va 4- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1008-, 1009- va 1010- masalalarni yechish. Qiziquvchi o quvchilarga «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1011-, 1012-, 1013 va 1014- masalalarni yechish tavsiya etiladi. 5) Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish. Darsning maqsadi. O quvchilarda elektr tokining quvvati haqida bilim va ko nikmalarni shakllantirish. Tayanch so zlar: elektr tokining quvvati, vatt, gektovatt, kilovatt, megavatt. Dars jihozlari: elektr iste molchilardan namunalar, plakatlar. Darsda foydalaniladigan metodlar: «Aqliy hujum» interfaol metodi, «Mustaqil ish» o tkazish. Dars rejasi. 1. Tashkiliy qism 2 minut. 2. Uy vazifalarini so rash 10 minut. 3. Yangi mavzu bayoni 15 minut. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash 15 minut. 5. Uyga vazifalar berish 3 minut. Darsning borishi 1. Tashkiliy qism. O qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so rash maqsadida foydalanadigan «Aqliy hujum» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo yadi.

28- dars. Elektr tokining quvvati 69 2. Uy vazifalarini tekshirish. «Aqliy hujum» interfaol metodi uchun o quvchilarga quyidagi savollar beriladi: 1) Elektr tokining bajargan ishi formulasi qanday ifodalanadi? 2) Tokning bajargan ishi qanday birlikda o lchanadi? 3) Elektr energiya qanday asbobda o lchanadi? 4) Qanday elektr o lchov asboblarini bilasiz? 5) Qaysi energiya osongina boshqa turdagi energiyaga aylanadi? Savollar muhokamasidan so ng, yangi mavzuni bayon etishga tayyorgarlik ko riladi. 3. Yangi mavzuning bayoni. O qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilarga e tibor berishi lozim: tokning quvvati haqida ma lumotlarni bayon qilish, quvvat formulasini keltirish; quvvatga ta rif berish; elektr quvvat birligini keltirib chiqarish; elektr iste molchilardagi tokning quvvati haqida ma lumotlar berish; 8- jadvaldagi ayrim elektr asboblarning quvvatini tahlil qilish; Mavzuni yoritishda plakatlar asosida tushuntirilsa maqsadga muvofiq bo ladi. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so ngra quyidagi 2 ta masala o quvchilar bilan birgalikda yechiladi: 13-mashq 1) Berilgan: U = 220 V; I = 10 A. Topish kerak: P? Formulasi: P = IU. Hisoblash: P = 10 220 W = 2200 W = 2,2 kw. Javob: P = 2,2 kw. 4) Berilgan: U = 220 V; P 1 = 60 W; P 2 = 100 W. Topish kerak: I? Formulasi: I = P/U ; P = P 1 + P 2 ; I = (P 1 + P 2 )/U. Hisoblash: I = ((60 + 100)/220) A = 0,72 A. Javob: I = 0,72 A. Shundan so ng 7 minut davomida o tkaziladigan «Mustaqil ish» uchun o quvchilarga quyidagi masalalar beriladi: 1-masala. Xonaga o rnatilgan ventilatorning quvvati 36 W. Uning 20 s davomida bajargan ishi qanday bo ladi?

70 III bob. Elektr tokining ishi va quvvati 2-masala. Energiyaning 1 kilovatt-soat degan birligi necha joulga teng? 3) Elektrodvigatel bir soatda 1080 kj foydali ish bajaradi va 0,4 W soat energiya iste mol qiladi. Uning FIK qanday bo ladi (%)? 5. Uy vazifalari. 1) Darslikdan 24- ni o qish. 2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish. 3) Darslikdan 13- mashqdan 2- va 3- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1015-, 1021- va 1023- masalalarni yechish. Qiziquvchi o quvchilarga «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1020-, 1025-, 1026 va 1028- masalalarni yechish tavsiya etiladi. 4) Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish. 5) O z uyidagi elektr iste molchilarning quvvatini yozib kelish. Darsning maqsadi. Elektr toki ta sirida o tkazgichlarning qizishi haqida bilim va ko nikmalarni shakllantirish, cho g lanma elektr lampaning tuzilishi va iste molchilarning foydali ish koeffitsienti haqida tasavvurlar hosil qilish. Tayanch so zlar: issiqlik miqdori, cho g lanma elektr lampa, elektr tokining foydali ish koeffitsienti. Dars jihozlari: slaydlar, kodoskop, patron va cho g lanma elektr lampalar. Darsda foydalaniladigan metodlar: «Bahs-munozara», «Muammoli vaziyatni o rganish» interfaol metodlari. Dars rejasi. 1. Tashkiliy qism 2 minut. 2. Uy vazifalarini so rash 10 minut. 3. Yangi mavzu bayoni 15 minut. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash 15 minut. 5. Uyga vazifalar berish 3 minut. Darsning borishi 1. Tashkiliy qism. O qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so rash maqsadida foydalanadigan «Bahs-munozara» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo yadi. 2. Uy vazifalarini tekshirish. «Bahs-munozara» uchun o quvchilarga quyidagi savollar beriladi: 1) O tkazgichlarga nimalar misol bo la oladi? 2) A = IUt formuladan I ni toping? 3) P = IU formuladan I va U ni toping?

29- dars. Elektr toki ta sirida o tkazgichlarning qizishi 4) Nima uchun yog och, rezina elektr tokini o tkazmaydi? 5) Uyingizdagi iste molchilarning quvvati haqida nima deya olasiz? 6) fizik kattaliklar yordamida nechta formula yoza olasiz? 7) Elektr hisoblagichning vazifasi nimadan iborat? 8) 1 oyda xonadoningizda qancha elektr energiya sarflanadi? 3. Yangi mavzuning bayoni. O qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilarga e tibor berishi lozim: o tkazgichdan elektr toki o tganda undan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori haqida ma lumot berish; Joul-Lens formulasini keltirib chiqarish, ta rif berish; cho g lanma elektr lampaning tuzishilishi va ishlash prinsiðini tushuntirish; elektr iste molchilarning FIK haqida ma lumotlar berish, formulasini keltirish. Mavzuni bayon etishda o tkazgichlarning elektr tokidan qizishi haqida quyidagi ma lumotlarni ham havola qilish tavsiya etiladi. Elektr toki o tkazgichni qizitadi. Buni biz yaxshi bilamiz. O tkazgichlarning qizishiga sabab shuki, ulardan tok o tayotgan vaqtda molekulalarning tartibsiz (issiqlik) harakati kuchayadi, binobarin, o tkazgichning ichki energiyasi oshadi. O tkazgichning ichki energiyasi oshishiga sabab shuki, metallardagi erkin elektronlar yoki elektrolitlardagi ionlar elektr maydon ta siri ostida harakatlanib, o tkazgich molekulalari yoki atomlari bilan to qnashadi va ularga o z energiyasini beradi. Tajriba qo zg almas metall o tkazgichlarda tokning butun ishi o tkazgichlarning qizishiga, ya ni ularning ichki energiyasini oshirishga sarf bo lishini ko rsatadi. Jism ichki energiyasining o zgarishini ko rsatuvchi o lchov esa ajralib chiqqan issiqlik miqdoridir. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so ngra «Muammoli vaziyatni o rganish» interfaol metodi uchun o quvchilarga quyidagi savol va topshiriqlar bilan murojaat qilinadi: 1) Joul-Lens qonunini ta riflang. 2) Joul-Lens qonuni bajariladigan misollar keltiring. 3) Cho g lanma lampa qachon va kim tomonidan kashf etilgan? Ushbu savollarga javob olingandan so ng «Mustaqil ish» o tkaziladi. 71

72 III bob. Elektr tokning ishi va quvvati 1-masala. Qarshiligi 25 Ω bo lgan spiraldan 2 A tok o tadi. Shu spiraldan 2 minut davomida qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi? 2-masala. 50 Ω qarshilikli o tkazgich orqali 10 minut davomida qanday tok o tkazilganda 120 kj issiqlik ajraladi? 3-masala. 220 V kuchlanishli tarmoqda 30 Ω qarshilikli isitgichdan 30 minutda qancha issiqlik miqdori ajralib chiqadi? 5. Uy vazifalari. 1) Darslikdan 26- ni o qish. 2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish. 3) 14- mashqdan 1-, 2- va 3- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1029- va 1032- masalalarni yechish. Qiziquvchi o quvchilarga 14- mashqdan 4- masalani, «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1034- va 1035- masalalarni yechish tavsiya etiladi. 4) Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish. Darsning maqsadi. O quvchilarda elektr isitish asboblarining tuzilishi va ishlash prinsiði haqida bilim, ko nikma va malakalarni shakllantirish. Dars jihozlari: plakatlar, turli elektr isitish asboblari. Darsda foydalaniladigan metodlar: «Klaster», «Modifikatsiyalangan ma ruza» interfaol metodlari. Dars rejasi. 1. Tashkiliy qism 2 minut. 2. Fizikaning «Elektr» qismi bo yicha olgan bilimlarini sinash va uy vazifalarini so rash 12 minut. 3. Yangi mavzuning bayoni 15 minut. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut. 5. Uyga vazifalar berish 2 minut. Darsning borishi 1. Tashkiliy qism. O qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so rash maqsadida foydalanadigan «Klaster» interfaol metodlari uchun topshiriqlarni tayyorlab qo yadi. 2. Uy vazifalarini tekshirish. «Klaster» interfaol metodlari asosida o quvchilarning bilimini tekshirish uchun quyidagi shartlar beriladi: 1- shart: Elektr bo limiga tegishli bo lgan barcha formulalarning daraxtini yarating, doirachalar ichiga formulalarni yozing, ya ni formula daraxtini yarating (2- rasm).

30- dars. Elektr isitish asboblari 73 2- rasm. 2- shart: Parallel va ketma-ket ulash qoidalarining sxemasini chizing, asoslab bering. Uy vazifalarini so rab, xulosa yasaladi. 3. Yangi mavzuning bayoni. Mavzu «Modifikatsiyalangan ma ruza» asosida o tiladi. O qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilarga e tibor berishi lozim: elektr isitgichlar haqida ma lumotlar berish, ularning tuzilishi va ishlash prinsiðini tushuntirish; dazmol haqida ma lumotlar berish, tuzilishi va ishlash prinsiðini tushuntirish; elektr choynak, kavshrlagich, payvand haqida ma lumotlar berish, ularning ishlash prinsiði va tuzilishini tushuntirish; elektr isitish asboblaridan qanday maqsadlarda foydalanish; xavfsizlik qoidalariga rioya qilish haqida tushuncha berish. Mavzuni tushuntirish jarayonida plakatlar, jihozlardan foydalaniladi. Elektr yoyi haqida tushuncha berishda quyidagi ma lumotlarni bayon etish tavsiya etiladi. Elektr yoyi yoki Volta yoyi elektrodlar orasida havo (gaz) da hosil bo ladigan elektr razryadi. Bunda ravshan yorug lanish yuz beradi va yuqori temperatura paydo bo ladi. Tok kuchi katta va gaz oqimi kuchli bo lsa, temperatura 5000 K gacha yetishi mumkin. Elektrodlar gorizontal joylashtirilganda elektr razryadi qizdirgan gaz oqimlari ta sirida yorug lik yoy shaklini oladi. Ikkita ko mir elektrod orasida havoda hosil bo lgan elektr yoyini birinchi marta rus olimi V.Petrov va ingliz olimi G.Devi kuzatishgan (1802) va ta riflashgan (1803). G.Devi elektr yoyini volta yoyi deb atagan.

74 III bob. Elektr tokining ishi va quvvati Atmosfera bosimiga yaqin va undan yuqori bosimlarda har qanday gazda elektr yoyi paydo bo lishi mumkin. Elektr yoyi elektrometallurgiyada, yorug lik texnikasida va ayniqsa, elektr payvandlashda qo llanadi. Texnikaning ba zi sohalarida (masalan, yuqori kuchlanishlar texnikasida) elektr yoyi hodisasi zararli hisoblanadi. Elektr yoyini so ndirish uchun moyli, havoli, elektr-gazli yoy so ndirish qurilmalaridan magnit maydon bilan so ndirish usuli va boshqa usullardan foydalaniladi. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun quyidagi 2 ta masala o quvchilar bilan birgalikda yechiladi: 15-mashq 2) Berilgan: S = 0,1 mm 2 ; l = 2 m; ρ = 1,1 Ω mm 2 /m; U = 220 V. Topish kerak: P? Formulasi: P = U 2 /R ; R = ρl/s ; P = U 2 S/ρl. Hisoblash: P = (220 2 0,1/1,1 2) W = 2200 W = 2,2 kw. Javob: P = 2,2 kw. 4) Berilgan: U = 60 V; I = 50 A. Topish kerak: P? Formulasi: P = IU. Hisoblash: P = 50 60 W = 3000 W = 3 kw. Javob: P = 3 kw. 5. Uy vazifalari. 1) Darslikdan 27- ni o qish. 2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish. 3) 15- mashqdan 1- va 3- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1041- va 1043- masalalarni yechish. 4) Qiziquvchi o quvchilarga «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1047- va 1053- masalalarni yechish tavsiya etiladi. 5) Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish. 6) Elektr isitish asboblarining tuzilishini o rganish. Darsning maqsadi. O quvchilarda xonadonning elektr zanjiri, eruvchan saqlagichlar va qisqa tutashuv haqida bilim va ko nikmalarni shakllantirish. Tayanch so zlar: xonadonning elektr zanjiri, qisqa tutashuv, saqlagichlar, eruvchan saqlagich. Dars jihozlari: plakatlar, eruvchan saqlagichlar, elektron darslik.

31- dars. Xonadonning elektr zanjiri. Qisqa tutashiv 75 Darsda foydalaniladigan metodlar. «6 x 6», «Aqliy hujum» interfaol metodlari, «Mustaqil ish» o tkazish. Dars rejasi. 1. Tashkiliy qism 2 minut. 2. Uy vazifalarini so rash 10 minut. 3. Yangi mavzuning bayoni 15 minut. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash 15 minut. 5. Uyga vazifalar berish 3 minut. Darsning borishi 1. Tashkiliy qism. O qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so rash maqsadida foydalanadigan «6 x 6» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo yadi. 2. Uy vazifasini so rash. «6 x 6» metodidan foydalanishda o qituvchi o quvchilarni 2 guruhga bo ladi va har bir guruhga savollar beradi: I guruhga: elektr isitish asboblari haqida nimalarni bilasiz? II guruhga: elektr isitish asboblaridan xavfsizlik texikasiga rioya qilgan holda qanday foydalaniladi? Har bir guruh qatnashchilari o z fikrlarini bayon etib bo lganlaridan so ng o qituvchi xulosa yasaydi, yangi mavzuni bayon etish uchun tayyorgarlik ko radi. 3. Yangi mavzuning bayoni. O qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilarga e tibor berishi lozim: xonadonning elektr zanjiri; qisqa tutashuv; saqlagichlar haqida. Dars jarayonida plakatlar, elektron darsliklar namoyish etiladi. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Bunda o qituvchi «Aqliy hujum» interfaol metodidan foydalanadi. Shu maqsadda o quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: 1) Xonadondagi elektr iste molchilar nima sababdan parallel ulanadi? 2) Qisqa tutashuv nima? 3) Saqlagichlardan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 4) Qisqa tutashuv yuz berganda siz qanday choralar ko rgan bo lar edingiz? Shundan so ng, 6 minutlik «Mustaqil ish» o tkaziladi. «Mustaqi ish» uchun quyidagi masalalar yechish talab etiladi:

76 III bob. Elektr tokining ishi va quvvati 1) Ketma-ket ulangan iste molchilar qarshiligi 2 Ω, 5 Ω, 8 Ω bo lib, zanjirdagi to la kuchlanish 6 V ga teng. Zanjir sxemasini chizing, iste molchilardagi tok kuchini toping. 2) 3- rasmda keltirilgan qarshiliklarning umumiy qiymatini toping? 5. Uy vazifalari. 1) Darslikdan 28- ni o qish. 2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish. 3) 16-mashqdan 1-, 2- va 3- masalalarni yechish. «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1057- va 1058- masalalarni yechish. 4) Qiziquvchi o quvchilarga «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1060- va 3- rasm. 1065- masalalarni yechish tavsiya etiladi. 5) Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish. Darsning maqsadi. Xonadon elektr zanjirining elektr tarmoqqa ulanishi haqida ma lumotlar berish, xonadon elektr zanjirida qo llaniladigan vilka, rozetka, patron, vklyuchatelni elektr zanjirga ulanishi haqida ko nikma va malakalarni shakllantirish. Tayanch so zlar: elektr vilka, rozetka, patron, vklyuchatel. Dars jihozlari: xonadon elektr zanjirida qo llaniladigan vilka, rozetka, patron, vklyuchatel, plakatlar, elektron darslik. Darsda foydalaniladigan metodlar. «Rolli o yinlar», «Muammoli vaziyatni o rganish», «Ishbilarmonlik o yinlari» interfaol metodlari. Dars rejasi. 1. Tashkiliy qism 2 minut. 2. Uy vazifalarini so rash 10 minut. 3. Yangi mavzuning bayoni 15 minut. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash 15 minut. 5. Uyga vazifalar berish 3 minut. Darsning borishi 1. Tashkiliy qism. O qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so rash maqsadida foydalanadigan «Rolli o yinlar» texnologiyasi uchun savollarni tayyorlab qo yadi. 2. Uy vazifalarini tekshirish. «Rolli o yinlar» texnologiyasi uchun o quvchilarga quyidagi topshiriq beriladi:

32- dars. Xonadon elektr zanjiridagi ulashlar 1) ampermetr; 2) voltmetr; 3) qarshilik; 4) tok manbayi; 5) kalit; 6) lampa. Yuqoridagi elektr asboblar yordamida elektr zanjir tuzing. Har bir o quvchidan xonadonining elektr sxemasini so rab, tahlil qilinadi. 3. Yangi mavzuning bayoni. O qituvchi mavzuni yoritishda «Muammoli vaziyatni o rganish» interfaol metodidan foydalanadi. Bunda quyidagilar o rtaga tashlanadi: 1) Xonadon elektr zanjiridagi ulashlar. 2) Kuchlanishning bor-yo qligini aniqlash. 3) Vilka va rozetkani ulash. 4) Patron va vklyuchatelni ulash. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. O qituvchi «Ishbilarmonlik o yinlari»dan foydalanishi mumkin. Ushbu metodda o quvchilar 2 guruhga bo linadi, so ng ularga ishning bajarilishi tartibi tushuntiriladi. Masalan: xonadonlarda qanday elektr asboblaridan foydalaniladi, degan savol o rtaga tashlanadi. Eng ko p so z yozgan o quvchi yoki guruh rag batlantiriladi. Dars so nggida o qituvchi faol qatnashgan o quvchilarning baholarini e lon qiladi. Yangi mavzuni mustahkamlashda faol ishtirok etgan o quvchilar ham baholanadi. 5. Uy vazifalari. 1) Darslikdan 29- ni o qish. 2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish. 3) «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1071- va 1072- masalalarni yechish. Qiziquvchi o quvchilarga 1074-, 1075-, 1078- va 1079- masalalarni ham yechish tavsiya etiladi. 4) Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish va xulosa yozish. 77 Darsning maqsadi. O quvchilarda elektr xavfsizlik choralari haqida ma lumotlar berish, elektr toki urganda birinchi yordam ko rsatishni o rgatish.

78 III bob. Elektr tokining ishi va quvvati Dars jihozlari: elektron darslik, plakatlar. Darsda foydalaniladigan metodlar: «Blits savollar», «Har kim har kimga o rgatadi» interfaol metodlari. Dars rejasi. 1. Tashkiliy qism 2 minut. 2. Uy vazifalarini so rash 10 minut. 3. Yangi mavzuning bayoni 20 minut. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash 10 minut. 5. Uyga vazifa berish 3 minut. Darsning borishi 1. Tashkiliy qism. O qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so rash maqsadida foydalanadigan «Blits savollar» uchun savollarni tayyorlab qo yadi. 2. Uy vazifalarini tekshirish. «Blits savollar» uchun o quvchilarga quyidagi savollar beriladi: 1) Xonadon elektr zanjiri simyog ochlar simiga qay tarzda ulanadi? 2) Elektr asboblar shnuriga vilka qanday ulanadi? 3) Rozetkaning ulanishini tushuntiring. 4) Patronning vazifasi nimadan iborat? 5) Vklyuchatel qanday vazifani bajaradi? Savol-javoblardan so ng yangi mavzu unga bog lab tushuntiriladi. 3. Yangi mavzuning bayoni. O qituvchi mavzuni yoritishda quyidagilarga e tibor berishi lozim: buning uchun o qituvchi «Har kim har kimga o rgatadi» interfaol metodidan foydalanishi mumkin. Bunda quyidagi savollar bilan murojaat qiladi: 1) Odam tanasi elektr tokini o tkazadimi? 2) Ko chada elektr simi uzilib yotibdi, nima qilish kerak? 3) Qisqa tutashuv qanday yuz beradi? 4) Uyda elektr asboblari nosozlik holida bo lsa, nima qilish kerak? 5) Elektr asboblarga metall buyum bilan tegish mumkinmi? 6) Elektr toki urganda birinchi yordam qanday amalga oshiriladi va hokazo. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonida o quvchilarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash uchun avvaliga mavzu yakunida keltirilgan masala yechish namunasi tahlil qilinadi, so ngra quyidagi 2 ta masala o quvchilar bilan birgalikda yechiladi: 17-mashq 2) Berilgan: R = 10 kω = 10 4 Ωm; U 1 = 220 V; U 2 = 36 V. Topish kerak: I 1? I 2?

34- dars. Takrorlash va masalalar yechish 79 Formulasi: I 1 = U 1 /R; I 2 = U 2 /R. Hisoblash: I 1 = (220/10 4 ) A = 0,022 A = 22 ma; I 2 = (36/10 4 ) A = 0,0036 A = 3,6 ma. Javob: I 1 = 22 ma; I 2 = 3,6 ma. 2) Berilgan: I 1 = 22 10-3 A; I 2 = 3,6 10-3 A; U 1 = 220 V; U 2 = 36 V. Topish kerak: P 1? P 2? Formulasi: P 1 = I 1 U 1 ; P 2 = I 2 U 2. Hisoblash: P 1 = 22 10-3 220 W = 4,84 W; P 2 = 3,6 10-3 36 W 0,13 W. Javob: P 1 = 4,84 W; P 2 0,13 W. 5. Uy vazifalari. 1) Darslikdan 30- ni o qish. 2) Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob topish va yozish. 3) 17- mashqdan 3- masalani yechish. «Fizikadan savol va masalalar to plami»dan 1082- va 1083- masalalarni yechish. Qiziquvchi o quvchilarga 1081-, 1084-, 1085- va 1087- masalalarni ham yechish tavsiya etiladi. 4) Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish. 5) «Elektr xavfsizlik choralari» mavzusiga insho yozish. Darsning maqsadi. O quvchilarning III bobda o tilgan mavzular bo yicha egallagan bilim, ko nikma va malakalarini mustahkamlash, fizikadan masalalar yechish ko nikmalarini rivojlantirish. Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash. Dars rejasi. 1. Tashkiliy qism 2 minut. 2. O tilgan mavzularni takrorlash 10 minut. 3. Masalalar yechish 30 minut. 4. Uyga vazifalar berish 3 minut. Darsning borishi 1. Tashkiliy qism. O qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni tayyorlab qo yadi. 2. O tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida o tilgan III bob mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «III bob yuzasidan xulosalar»dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

80 III bob. Elektr tokining ishi va quvvati 3. Masalalar yechish. Bob oxirida keltirilgan «III bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dagi savollarga o quvchilar javob beradilar, javoblar o qituvchi tomonidan to ldirib boriladi. Har bir savolga javob berishda tahliliy fikr-mulohazalar yuritilishiga e tibor beriladi. Keltirilgan masalalardan birinchi navbatda yechiladiganlarini o qituvchi tanlaydi. Faol o quvchilar mustaqil ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari tavsiya etiladi. 4. Uyga vazifalar. 1) 23 30- ni takrorlash. 2) «III bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalarni ham yechishlari uqtiriladi. Darsning maqsadi. O quvchilarning III bobda o tilgan mavzular bo yicha egallagan bilim, ko nikma va malakalarini mustahkamlash, fizikadan masalalar yechish ko nikmalarini rivojlantirish. Nazorat ishi uchun yozma ish namunasi I variant: 1. Zanjirning biror qismidagi kuchlanish 3 V bo lganda, 6 A tok 4 s da zanjirning shu qismida necha joul ish bajariladi? 2. Kuchlanish 4 V bo lganda lampochkadagi tok kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka iste mol qiladigan quvvati necha vatt? 3. Qarshiligi 48 Ω bo lgan o tkazgich 120 V kuchlanishli tarmoqqa ulandi. O tkazgichda 10 minut ichida qancha issiqlik ajraladi? 4. FIK 87% quvvati 800 W bo lgan elektr choynakda 18 C temperaturali 3 litr suv bor. Ana shu suv qaynashi uchun necha minut vaqt kerak bo ladi? (c = 4200 J/kg K). II variant: 1. Zanjirning biror qismidagi kuchlanish 4 V bo lganda 2 A tok 10 s da zanjirning shu qismida necha joul ish bajaradi? 2. Kuchlanish 20 V bo lgan lampochkadagi tok kuchi 0,5 A ga teng. Lampochka iste mol qiladigan quvvat necha vatt? 3. Qarshiligi 20 Om bo lgan o tkazgichdagi tok kuchi 2 A bo lganda 5 s da undan qancha issiqlik ajraladi? 4. Elektr asbob tarmoqqa ulanganda elektr hisoblagich diski bir minutda 30 marta aylanadi. Shu asbobning quvvati necha kw ga teng? Hisoblagichda 1 kw soat diskning 1200 aylanishiga teng deb yozilgan.

36- dars. Elektr asboblar ishlab chiqailishi bilan tanishish (ekskursiya) Uy vazifasi. III bob mavzularini takrorlash. Ta rif va formulalarni yod olish. 81 Darsning maqsadi. O quvchilarda III bob mavzulari bo yicha olgan bilim, malaka va ko nikmalarini mustahkamlash, elektr o lchov asboblarining tuzilishi va ulardan foydalanishni o rgatish. Elektr asboblarini ishlab chiqarish korxonalaridan biriga ekskursiya uyushtiriladi. O quvchilar korxonada elektr asboblari qay tarzda ishlab chiqarilishi bilan tanishtiriladi. Elektr asboblarini ishlab chiqarish korxonalaridan biriga ekskursiya qilishning imkoni bo lmagan taqdirda yaqinroqda joylashgan elektr asboblarini ta mirlash ustaxonalaridan biriga boriladi. U yerda o quvchilar elektr asboblarning qay tarzda ta mirlanishi bilan tanishadilar. O quvchilar ekskursiya davomida ko rgan va o rganganlarini hisobot tariqasida yozib kelishadi.